O‘zbek militsionerlari yetimlarning boshini siladi

Bolajonlarga O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan yangi yil sovg‘alari tuhfa etildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Guliston shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun Toshkent shahrida yangi yil bayrami tadbirlari uyushtirildi.

General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

Bolajonlar dastavval Mustaqillik shoh ko‘chasida o‘rnatilgan Yangi yil archasiga olib borildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Bu yerda o‘rnatilgan katta sahnada shodon kuy-qo‘shiqlar yangradi, Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokida ezgulikning yovuzlik ustidan g‘olib kelishi haqida hikoya qiluvchi sahnalashtirilgan bayram tomoshalari kichkintoylarga olam-olam zavq bag‘ishladi. 

Shundan so‘ng, bolalar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Tushlikdan so‘ng bolajonlar "Ashxobod" sayilgohida bo‘lib, turli attraksionlarda miriqib dam oldi. "Xalqlar do‘stligi" saroyida bolajonlar uchun teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. 

O‘zbek militsionerlari yetimlarning boshini siladi

Bayram tadbiri so‘nggida bolajonlarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan yangi yil sovg‘alari tuhfa etildi.