Xitoy o‘zi yaratgan "bombalar onasi"ni sinovdan o‘tkazdi

Bomba vazni bir necha tonna bo‘lib, uning og‘irligi tufayli bombardimon ham bir parvozda faqat bitta bombani ko‘tara oladi.
Sputnik

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Xitoyning NORINCO davlat sanoat korporatsiyasi ilk marotaba sinovdan o‘tkazilgan xitoycha variantdagi "bombalar onasi"ning suratlarini namoyish etdi, deb xabar qildi Global Times.

AQSh OAVlari Vashingtonga Rossiyada "bombalarning otasi" borligini eslatib qo‘ydi

Ta’kidlanishicha, aviatsiya bombasi quvvati va barbod qilish kuchi bo‘yicha yadro bombasidan keyingi o‘rinda turadi va shu bois ham unga "bombalarning onasi" laqabi berilgan.

Nashr xabariga ko‘ra, NORINCO korporatsiyasi o‘zi ishlab chiqargan bombaning xususiyatlarini aniqlashtirish uchun uni sinovdan o‘tkazgan. Bomba H-6K bombardimon-samolyotidan tashlangan va ulkan portlashni yuzaga keltirgan. Sinov joyi keltirilmagan.

Bomba vazni bir necha tonna bo‘lib, uning og‘irligi tufayli bombardimon ham bir parvozda faqat bitta bombani ko‘tara oladi. Analitiklar fikriga ko‘ra, bombaning uzunligi olti metrgacha yetishi mumkin. Ammo ekspertlar, xitoycha variantdagi "bombalar onasi" o‘zining amerikalik turdoshidan hajm jihatdan kichik bo‘lishi kerak, degan taxminni bildirishdi. Bu atay, H-6K bombardimonchi-samolyoti uni ko‘tara olishi uchun qilingan.

Ayrim ekspertlar bomba portlovchi zaradlardan iborat bo‘lishi mumkin, degan taxminni bildirishdi, ammo kompaniya bu ta’minlarni tasdiqlagani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2017 godu amerika HHK 2003-yilda sinovdan o‘tkazilgan eng qudratli GBU-43/B yadrosiz bomba videoyozuvini e’lon qilgan edi. U shuningdek, "bombalar onasi" nomi bilan mashhur. Videoyozuv AQSh HHK GBU-43/Bni Afg‘onistondagi "Islom davlati" terroristik uyushmasi pozitsiyalariga tashlangandan keyin ommaga e’lon qilingandi.