O‘zbekiston IIV PPX bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

PPX bosh boshqarmasining sobiq rahbari Dilshod Akromov o‘zining xizmat xonasida o‘ldirib ketilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 3 yanv - Shutnik. Polkovnik Baxtiyor Pormonov O‘zbekiston IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan IIBB katta inspektori qamoqqa olindi

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 4-avgust kuni Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasida joylashgan IIVga qarashli PPX va JTSBB binosining ikkinchi qavatidagi o‘z xizmat xonasida Dilshod Akramovning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

2018 yil 4-avgust kuni mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi "j" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov Bosh prokuratura "O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish" boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.