Toshkentda harbiy-Qorbobolar konsert dasturlari davom etmoqda

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan Yangi yil bayramining bosh archasida o‘z konsert dasturlarini 3-yanvarga qadar taqdim etadi
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Qorbobo kiyimidagi harbiy orkestr jamoasi o‘z konsert dasturlarini 3-yanvarga qadar taqdim etadi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Yangi yil kayfiyati: Toshkent bayramga tayyor

Bu yilgi bayram tantanalari avvalgilardan tubdan farq qilmoqda. Respublikaning barcha hududlarini bayram shukuhi qamrab olgan. Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy orkestrlarning chiqishlari esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Xususan, kuni kecha harbiy san’atkorlar soat 15:00 da Toshkent metropolitenining "Do‘stlik" bekatidan boshlab, o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan shahar aholisi va mehmonlariga a’lo kayfiyat ulashdi.

Shundan so‘ng shahar bo‘ylab, "surpriz"lar "Oybek" metrosidan "Paxtakor"gacha, Xalqlar do‘stligi saroyidan Mingo‘rikkacha davom etdi. Mazkur ijodiy sayohat aholi uchun qulay paytda uyushtirilgani ayni muddao bo‘lmoqda.

Badiiy dastur davomida kuy-qo‘shiqlarni mohirlik bilan ijroetgan san’atkorlarning qorbobo kiyimidagi chiqishlari davralarga o‘zgacha fayz kiritapti.

Toshkentda harbiy-Qorbobolar konsert dasturlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini Yangi yil bayrami bilan tabriklab, barchaga kirib kelgan yil omadli bo‘lishini tilab qoladi