Norov ShHT Bosh kotibi lavozimida ish boshladi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi qaroriga binoan 2019-2021 yillarga tashkilot Bosh kotibi lavozimini Vladimir Norov bajaradi
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. O‘zbekistonlik Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.

Norov: dunyo hamjamiyati O‘zbekistonni tan olmoqda

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Norov ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan va Favqulodda va Muxtor Elchi martabasiga ega.

2006-2010 gyillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan.

ShHT - 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yetakchilari tomonidan tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Ostonada 9-iyun kuni o‘tkazilgan ShHT sammitida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar yetakchilari Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish qarorini imzolagan edilar.

Ayni vaqtda Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston tashkilotda kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega. Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka esa sherik-mamlakatlar sanaladi.