Xabib VS Konor: jang 2019-yilda bo‘lishi tasdiqlandi

Yangi kirib kelgan 2019-yilda UFC ning yengil vazndagi chempionlari o‘rtasida takroriy jang o‘tkazilishi haqida xabar paydo bo‘ldi
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. UFC prezidenti Deyn Uayt rossiyalik Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida takroriy jang bo‘lishi mumkin, deya fikr bildirdi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.

Turkiya ko‘chalarida Habib Nurmagomedov tasvirlangan graffiti paydo bo‘ldi

Jang 2019-yilda o‘tkazilishi mumkinligi aytilgan.

"Meni fikrimcha, revansh jang 2019-yilda bo‘ladi. Yigitlar g‘alaba qozonishni istashlari aniq. Hozircha hammasi yaxshi ketapti, shu bois bu olishuv albatta bo‘lib o‘tishi lozim", - degan Uayt.

Xabib Nurmagomedovni Dog‘istonda qanday kutib olishdi >>>
Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6-oktabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.

Xabib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lanilgan edi.