Britaniya matbuoti Putinning Yangi yildagi murojaatini "qo‘rs" deya baholadi

"Rossiyaning yordamchilari hech qachon bo‘lmagan va bundan keyin ham bo‘lmaydi, shu bois, rossiyaliklar iqtisod, ijtimoiy va ilm-fan sohasidagi dolzarb muammolarni yechishda birdam va kuchli jamoa bo‘lish talab etiladi", - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining yangi yildagi murojaatida.
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Britaniyaning Daily Star tabloidi "Putin yangi yildagi millionlab rossiyaliklarga yo‘llagan qo‘rs murojaatida G‘arbni rad etmoqda" sarlavhasi ostida maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Birinchilarning Yangi yil murojaati: Markaziy Osiyo yetakchilari nimalarga e’tibor qaratishdi?

Rossiya yetakchisi o‘z tabrik murojaatida ma’naviy saxiylik, mehr va yaqinlarga yordam berishning ahamiyati haqida gapirgan edi. Shu bois, davlat rahbari "Rossiyaning yordamchilari bo‘lmagan va bo‘lmaydi", deya mamlakat aholisi birlashishga chaqirgan edi. Maqola muallifi buni "qo‘pollik" deya baholadi.

"2018 yilda Rossiyaning G‘arb bilan munosabatlari, ayniqsa, Solsberidagi Sergey va Yuliya Skripallarga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng, o‘tkir tus olishi munosabati bilan qo‘pol da’vat jarang topdi", - deb yozgan nashr.

Maqolada Putinning rossiyaliklarga murojaati sanksiyalar tufayli ekani, shunday bo‘lsa-da, prezident o‘z nutqida iqtisodiy cheklovlar haqida esga olmagani aytilgan.

Britaniya OAVlari Rossiyani o‘taketgan yovuz obrazda tasvirlaydigan maqolalarni ilgarilari ham ko‘plab marotaba chop etgan. Xususan, o‘tgan yil dekabr oyida Daily Express e’lon qilgan maqolada Ukraina kemalari bilan bog‘liq hodisadan so‘ng Azov dengizidagi holatga "Moskva va Kiyev o‘rtasidagi Uchinchi jahon urushi" deb nom berilgan. Maqolada Ukraina HDK kemalari qo‘lga olingani haqida gapirilgan, ammo muallif yuz bergan hodisaning asl sababi - Rossiya chegarasi buzilishi ekanligini aytmagan. Bundan tashqari, maqolada hibsga olingan dengizchilar haqida haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan.