Bizga faqat g‘alaba kerak: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qanday kuzatildi?

Toshkent xalqaro aeroportida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi
Sputnik

Vaqt hali juda erta bo‘lishiga qaramasdan, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport gavjum va shovqin edi: Futbol uyushmasi vakillari, sport sohasidagi mansabdorlar, fan-klub a’zolari va hatto oddiy muxlislargacha o‘zining sevimli jamoasini muhim va terma murabbiyi uchun debut bo‘lgan turnir - Osiyo Kubogiga kuzatishga to‘plangan edilar.

Bizga faqat g‘alaba kerak: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qanday kuzatildi?

Futbolchilar to‘la avtobusni bir gala muxlislar va musiqachilar kutib olib, aeroport oldida haqiqiy musiqiy shou uyushtirdilar.

Bu voqealarga guvoh bo‘lgan argentinalik Ektor Kuperning yuzida oddiy jarayon - termaning turnirga uchib ketishi tufayli bunday shov-shuvni kutmagani shundoq sezilib turardi.

Muxlislar "O‘zbekiston" deb baqirib, milliy bayroqlar va kartondan yasalgan kuboklarni silkitishar ekan, o‘yinchilar o‘z diqqatlarini jamlab olishgan va deyarli barchasi jiddiy edi - hammasi uzoq parvoz, mashaqqatli mashg‘ulotlar va hal qiluvchi uchrashuvlarga tayyorlanardilar.

Qo‘liga guldasta uzatilgan murabbiy Kuperning ham xayoli olislarda edi - ehtimol, guruh bosqichida yaponlarga qarshi o‘yin taktikalari haqida o‘ylayotgandir.

Bizga faqat g‘alaba kerak: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qanday kuzatildi?

Birlashgan Arabi Amirliklarida futbol o‘yinlari 5-yanvar sansidan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston termasi esa 9-yanvar kuni maydonga tushadi. "Oq bo‘rilar" birinchi o‘yinni O‘mon termasiga qarshi o‘tkazadilar. Bundan tashqari F guruhida o‘zbekistonliklarning raqiblari Yaponiya va Turkmaniston futbolchilari bo‘lishlari kutilmoqda.

O‘zbekiston milliy termasini BAAga qanday kuztishgani va o‘yinchilar qanday kayfiyatda futbol turniriga uchib ketishganini Sputnik O‘zbekiston muxbiri videosujetida tomosha qiling.