O‘zbekiston fuqarosi Magnitogorskdagi portlashda jabrlandi

O‘zbekiston fuqarosi ahvoli o‘ta og‘ir - u yetti soat davomida qattiq sovuqda uyumlar ostida yotgan
Sputnik

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. Magnitogorskda yuz bergan gaz portlashi oqibatida o‘zbekistonlik jabrlandi. Fuqaro operatsiya qilingan, ayni vaqtda u jonlantirish bo‘limida yotibdi.

Magnitogorskda gaz portlashidan 48ta kvartira zarar ko‘rdi

Bu haqda RIA Novosti Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsovaga tayangan holda xabar bermoqda.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi yetti soat davomida bino uyumlari ostida yotgan, va ayni vaqtda uning ahvoli o‘ta og‘ir deya baholanmoqda.

"Besh kishi kasalxonaga yotqizilgan, ular orasida 13 yashar bola ham bor... To‘rt nafari katta yoshdagi odamlar, eng og‘ir ahvoldagisi - O‘zbekiston fuqarosi, 36 yoshli erkak 7 soat davomida bino uyumlari ostida yotgan", - deb aytgan Skvorsova.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra erkakning qovurg‘alarida ko‘psonli sinish, qorajigar yorilishi qayd etilgan. Hozirda u operatsiya qilingan va jonlantirish bo‘limida yotibdi, unga medikamentoz yordam ko‘rsatilmoqda.

Boshqa fuqarolarning ahqoli o‘rtacha og‘irlikda, deb ma’lum qilgan Sog‘liqni saqlash vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Magnitogorskda 31-dekabr kuni ertalab gaz portlashi oqibatida ko‘pqavatli uyning podyezdi o‘pirilib tushgan. Qulash joyida 120 kishi istiqomat qilgan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari boshlangan vaqtdan buyon, bugun, Moskva vaqti bilan 07.00 holatiga ko‘ra, uyumlar ostidan 12 kishi chiqarib olingan, ulardan 7tasi halok bo‘lgan, 5 nafari qutqarilgan. Jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga olib borilgan. Yana 37 insonni qidirish ishlari davom ettirilmoqda.