TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. Xitoyda yer qimirlashidan xabardor etuvchi dunyodagi eng ulkan tizim yaratilmoqda, deb xabar berdi jahon OAVlari.
Xabarga ko‘ra, xitoylik muhandis va olimlar 2022-yilga kelib zilzila haqida oldindan xabardor etuvchi dunyodagi eng yirik va o‘ta zamonaviy tizim ustida ishlarni yakunlashni rejalashtirishgan.
Bu yangi qurilma "boshqa mamlakatlarda hasad uyg‘otishi" kutilmoqda, deb xabar qiladi CGTN telekanali.
Loyiha ishtirokchilari so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda mutaxassislar butun mamlakat hududi bo‘ylab keyinchalik bir tarmoqqa jamlanadigan 15 ming dona datchiklarni o‘rnatish bilan shug‘ullanmoqda.
Kutilishicha, yer osti silkinishi yuz berishi bilan datchiklar shu soniyaning o‘zida elektrik impulslarni boshqaruv markaziga yo‘llaydi va shundan so‘ng potensial xavf zonasida yashovchi insonlar smartfonlariga xatar to‘g‘risida ogohlantirishlar keladi.