Haydovchi-migrantlar Rossiya qonunchiligida talabchanlik kuchayishiga tayyor bo‘lishlari kerak

Agar migrant Rossiyada taksi haydovchisi sifatida ishlamoqchi bo‘lsa, u Rossiya fuqaroligi va haydovchilik guvohnomasini olishi shart, deb hisoblaydi “Taksist” Kasaba kengashi rahbari.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya deputatlari 2019-yilda yo‘lovchi tashuvchi to‘g‘risidagi qonunga chet el fuqarolariga Rossiyada taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni ta’qiqlovchi o‘zgartirishlarni kiritishni rejalashtirishmoqda.

“Taksist” Kasaba kengashi raisi, Rossiya Transport vazirligi qoshidagi jamoatchilik kengashi a’zosi Andrey Popkovning so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirilayotgan chora Rossiya uchun zarurdir.

Haydovchi-migrantlarga yana bir yil muhlat berildi

“Agar chet ellik fuqaro yo‘lovchi tashuvchi sohasida ishlamoqchi bo‘lsa, avval kamida Rossiya haydovchilik guvohnomasini olsin. Bu murakkab va uzoq muddat talab qiladigan jarayon. Chunki bu uchun fuqarolarning vataniga so‘rov yuboriladi. U yerda esa turli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin – yoki u haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lgan, yoki haydovchilik guvohnomasini boshqa davlatda olgan. Bu hammasi oson ish emas”, - deydi Popkov.

Chet el fuqarolariga Rossiyada taksist bo‘lib ishlash ta’qiqlanishi mumkin

Popkov so‘zlariga ko‘ra, kasaba qonuniy ishlayotgan taksi haydovchilarga qonunchilik doirasida qayta ta’lim olishga va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishga yordam berishga tayyor. Shu bilan birga u yo‘lovchi tashuvchi sohasidagi qonunlarda talabchanlik kuchayishiga tayyor turish kerakligi haqida ogohlantirdi.

O‘zbekistonda mast haydovchilar alkotester yordamida fosh etiladi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chet el fuqarolariga 2019-yilda Rossiyada yengil avtomobil haydovchisi bo‘lib ishlashga ta’qiq qo‘yilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.