Saranskda 7 oylik homilador xotinini o‘ldirgan o‘zbekistonlik ustidan sud boshlandi

Qo‘yilgan ayblovga ko‘ra, Muhammadjon Choriyev xotinining qarindoshlari ularning ro‘zg‘origa qarshi ekanliklarini bilgandan keyin o‘zining 26 yoshar xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Mordoviya Oliy sudi O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqmoqda. U o‘zining homilador xotinining qotilligida ayblanmoqda. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar qildi.

Qo‘yilgan ayblovga ko‘ra, 2018-yil 20-fevral kuni Muhammadjon Choriyev xotinining qarindoshlari ularning ro‘zg‘origa qarshi ekanliklarini bilgandan keyin o‘zining 26 yoshar xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Xotinining oilasi ularni ajrashishlarini va qizlarini O‘zbekistonga qaytishini talab qilishgan.

Bekobodda ota va bola sababsiz pichoqlandi

Xotinining 7 oylik homilasi bo‘lgan. Qotillik sodir etgandan so‘ng, Choriyev o‘z joniga qasd qilishga urinadi. Lekin natijada voqea joyidan qochib ketadi. Tergov jarayonida u o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.

Xorazmda qiz otasining qotiliga aylandi

Navbatdagi sud majlisi 2019-yil 11-yanvar kuni belgilangan.