IIBB avtoyuvish shahobchalaridagi jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik uchun tavsiyalar berdi

Tadbirda avtoyuvish shahobchalarida ishlaydigan fuqarolar tomonidan avtotransport vositalarini olib qochish, davlat raqam belgilarini o‘g‘irlash, yo‘l-transport hodisalari sodir etish holatlari muhokama qilindi.
Sputnik

TAShKENT, 27 dek - Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXBda o‘tkazilgan tadbirda poytaxt Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari avtoyuvish shahobchalari ishchilari o‘rtasidagi huquqbuzarlikni profilaktikasi uchun ko‘rilayotgan choralar haqida to‘xtalib o‘tishdi, deb xabar qildi idora matbuot xizmati.

Toshkent IIBB haydovchilik guvohnomasini almashtirishga oid ma’lumotni taqdim etdi

Tadbirda avtoyuvish shahobchalarida ishlaydigan fuqarolar tomonidan avtotransport vositalarini olib qochish, davlat raqam belgilarini o‘g‘irlash, yo‘l-transport hodisalari sodir etish holatlari muhokama qilindi.

“IIBB Axborot multimedia markazi tomonidan muhokama qilingan mavzuga bag‘ishlangan videosujetlar namoyish etildi. Avtoyuvish shahobchalari rahbarlariga ishchilarning pasportlari nusxalari va boshqa kerakli ma’lumotlar olish tavsiya qilindi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida avtoyuvish shahobchalarida jinoyatchilikni va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, shuningdek antisanitariya holatlariga barham berish bo‘yicha 2019-yilda bajariladigan ishlar kelishib olindi.