Bunaqasi bo‘lmagan: Toshkentda qorbobolar bayram marshi boshlandi

Yangi yil ayyomi munosabati bilan Mudofaa vazirligi harbiy orkestri bayram aksiyasini boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun Yangi yil ayyomiga bayramona konsert dasturlari tuhfa etilmoqda.

Sputnik yangi yil aksiyasida ishtirok etishni taklif qiladi

Konsertning dastlabkisi bugun, 27-dekabr kuni poytaxtning Mustaqillik shoh ko‘chasidagi Yoshlar ijod saroyi yonidagi ochiq maydonga o‘rnatilgan yangi yil bayramining bosh archasi oldida Qorbobo kiyimiga kiyingan harbiy san’atkorlar tomonidan taqdim etildi.

Ertaga, 28-dekabr kuni soat 15:00da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ekobozor” savdo majmui oldida harbiy okrestrning navbatdagi aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, harbiy orkestrning bayramona konserti yana quyidagi joylarda o‘tkaziladi:

- 29-dekabr kuni soat 15:00da Qo‘yliq massividagi “Kompas” ko‘ngilochar savdo majmuasida;

- 30-dekabr kuni soat 15:00dan 18:00ga qadar poytaxt metropoliteni liniyalarida;

- 31-dekabr kuni soat 10:00da yangi yil bayramining bosh archasi oldida (mo‘ljal Yoshlar ijod saroyi).

Shuningdek, poytaxtdagi yangi yil bayramining bosh archasi oldida 2019-yilning 3-yanvar kuniga qadar soat 19:00 dan 20:00 gacha mazkur tomoshalar bo‘lib o‘tadi.