TOShKENT, 25 dek — Sputnik. 2019 yilda umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturi bo‘yicha 975 mlrd. so‘mlik mablag‘ ajratildi, deb xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.
Manzilli dastur doirasida 506 ta obyekt qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ko‘zda tutilgan. Jumladan, 22 ta yangi maktab qurilishi uchun 2019-yilda 128,97 mlrd. so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Maktablarning rekonstruksiyasi uchun 453,49 mlrd. so‘m va kapital ta’mirlash uchun 252,5 mlrd. so‘m ajratilgan.
“Dastur doirasida maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44,4 mlrd. so‘m, Andijon viloyatida 74,44 mlrd. so‘m, Buxoro viloyatida 33,91 mlrd. so‘m, Jizzax viloyatida 40,62 mlrd.so‘m, Qashqadaryo viloyatida 86,2 mlrd.so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.
Namangan viloyatida ushbu maqsadlarga 74,54 mlrd.so‘m, Navoiy viloyatida 24,54 mlrd.so‘m, Samarqand viloyatida 97,85 mlrd.so‘m, Sirdaryo viloyatida 24,10 mlrd. so‘m, Surxondaryo viloyatida 70,81 mlrd. so‘m, Toshkent viloyatida 73,77 mlrd. so‘m, Xorazm viloyatida 52,27 mlrd. so‘m, Farg‘ona viloyatida 74,28 mlrd. so‘m, Toshkent shahrida 63,2mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilgan.