Turizm sohasidagi mukofot: O‘zbekistonda har yili taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

Har yili “Uzbekistan Tourism Industry Awards” mukofotini topshirish tadbiri o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Har yillik “Uzbekistan Tourism Industry Awards” mukofotini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Turizm qo‘mitasi “Havo yo‘llari”ni bir necha kompaniyaga bo‘lishni taklif qildi

Qaror loyihasida har yili “Uzbekistan Tourism Industry Awards” mukofotini topshirish tadbirini o‘tkazish qayd etilgan.

Tadbirni o‘tkazishning asosiy vazifalari:

- yil davomida sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatgan eng namunali va faol turizm sohasi subyektlarini aniqlab olish va ularni rag‘batlantirish;

- namunali turizm sohasi subyektlarining ilg‘or tajribasi asosida sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa subyektlarning faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashish;

- turizm salohiyatidan samarali foydalanishni tashabbuskori bo‘lgan mahalliy aholini rag‘batlantirish;

- ommaviy axborot vositalari, xususan blogerlar tomonidan turizm sohasida respublikada ro‘y berayotgan yangiliklarni mahalliy va xorijlik fuqarolarga qisqa muddatda hamda to‘liq va batafsil shaklda yetkazilishini rag‘batlantirish;

- turizm yo‘nalishida sifatli va jozibali foto va video materiallarni tayyorlanishini rag‘batlantirib borish.

Tadbirni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlashni tashkil etish bo‘yicha maxsus komissiya, Turizmni rivojlantirsh davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, milliy teleradiokompaniyasi va Savdo-sanoat palatasi mukofotning tashkilotchilari hisoblanadi.