Termizda pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Jinoyatchi Termiz shahri “Bo‘ston” mahallasida joylashgan “Aziya” restorani yonida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar tezkor vakillari tomonidan qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar tezkor vakillari ishtirokida Termiz shahri “Bo‘ston” mahallasida joylashgan “Aziya” restorani yonida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar qildi qo‘mita matbuot xizmati.

“Tadbir natijasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O.X.  3 million so‘mlik  jami 6130 dona pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonliklarga Yangi yil archasini o‘rnatish qoidalari haqida eslatma berildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Toshkentda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 2018-yil noyabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida umumiy qiymati 14 million so‘m bo‘lgan kontrabanda pirotexnika vositalari musodara qilingandi