“O‘zbekko‘mir” AJ Rossiya kompaniyasi bilan birgalikda rivojlantiriladi

Ishonchli boshqaruv davrida “O‘zbekko‘mir” AJning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolinadi.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda yangi ko‘mir konlari qurilishi boshlanadi

Qarorga muvofiq:

- “ProgressGorTex” MChJning (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekistonda tashkil etiladigan sho‘’ba xo‘jalik jamiyati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi;

- ishonchli boshqaruv davrida “O‘zbekko‘mir” AJning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolinadi.