Turkmaniston prezidenti uch tilda qo‘shiq kuyladi

Turkmaniston prezidenti qo‘shiqni ingliz, nemis va turkman tillarida ijro etdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi yil oldidan uyushtirilgan banketda o‘zi tomonidan yozilgan qo‘shiqni ijro etdi, deb xabar qildi Turkmaniston davlat axborot agentligi.

Turkmaniston Tojikistonga kelayotgan yuk mashinalarini o‘tkazmayapti

Xabarda aytilishicha, bayram tadbiri “Mizan” markazida o‘tkazildi.

Tadbirda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining raisi o‘rinbosarlari, Majlis rahbarlari, harbiy va huquq tartibot organ xodimlari, vazirlik, idoralari va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, Turmanistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari hamda madaniyat, san’at ustalari ishtirok etishdi.   

Turkmaniston prezidenti qo‘shiqni ingliz, nemis va turkman tillarida ijro etdi, shuningdek, royalda musiqasini chaldi.

Yangi qo‘shiqning nomi “Arzuw”, qo‘shiqning so‘zlari prezident Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan yozilgan.