Toshkent biznes markazga aylantiriladi

O‘zbekiston poytaxti iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarida viloyatlar orasida yetakchi o‘rinda bormoqda
Sputnik

TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston poytaxtini yirik ishbilarmonlik markaziga aylantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

"Sinovdan o‘tdi": Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevni Toshkent hokimi etib tayinladi

Xususan, Mirziyoyev Toshkent shahrini yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish zarurligi haqida gapirgan.

Bugungi globallashuv davrida iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb etib, biznes uchun qulay sharoitlar yaratib berayotgan shaharlar jadal rivojlanmoqda. Toshkent shahrini yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, bank, moliya, sug‘urta va boshqa zamonaviy xizmatlar ko‘rsatadigan yirik xalqaro markazga aylantirishimiz zarur. Shahar atrofi sanoat zonalari, shahar ichi esa innovatsion hudud bo‘lishi kerak, - degan O‘zbekiston rahbari.

Toshkent shahrida 2017-yili yalpi hududiy mahsulot 5 %ga o‘sgani qayd qilingan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 8,1 %ni tashkil etmoqda. Shuningdek, joriy yil yakuni bo‘yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9,2 %ga, qurilish ishlari 11,6 %ga, xizmat ko‘rsatish 10,5 %ga o‘sishi kutilmoqda. Bu O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardandir.