Tuya bo‘lmang: Qirg‘izistonda tupurganlar jarima to‘laydi

Qirg‘izistonda madaniyatsiz fuqarolar jazolanadigan bo‘ldi. Xususan, jamoat joylarida tupurganlar yoki chiqindi yoqqanlar katta miqdorda jarima to‘laydilar
Sputnik

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Qirg‘iziston poytaxtida 2019-yil 1-yanvardan boshlab jamoat joylarida tupurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

"Qirg‘izistonda 2019-yil 1-yanvardan shahar obodonchilik qoidalarini buzganlik uchun katta miqdorda jarima nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida yangi kodeks amal qilishni boshlaydi", deya xabar qilgan Bishkek shahar hokimligi matbuot xizmati.

"O‘rdak lablar" uchun 74 darra: Eron plastik jarrohlik ixlosmandlarini jazolamoqchi

Yangilangan hujjatga "Tupurish" bandi kiritilgan. Mazkur bandga binoan quyidagi jarima miqdori nazarda tutilgan: jismoniy shaxslarga nisbatan – 5,5 ming qirg‘iz somi (78 dollar), yuridik shaxslarga nisbatan – 17 ming qirg‘iz somi (243 dollar).

Shuningdek, xazon yoqish uchun ham jarima miqdori jismoniy shaxslarga nisbatan 7,5 ming (107 dollar) va yuridik shaxslarga nisbatan 23 ming qirg‘iz somgacha (329 dollar) (avval 10 ming (143 dollar) edi) oshirilgan.