Sergey Lavrov Toshkentda MGIMO filiali ochilishini xabar qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri so‘zlariga ko‘ra, bu MDH davlatlari hududida Rossiya gumanitar aloqalari kengayishiga xizmat qiladi
Sputnik

TOShKENT, 21 dek – Sputnik. RF TIV Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Baku va Toshkent shahrida filiallarini ochish bo‘yicha ish olib bormoqda.

MGIMO rektoriga Toshkentda zar chopon kiydirishdi

Bu haqda MGIMO kuzatuv va vasiylik kengashining qo‘shma yig‘ilishida, 20-dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb xabar qilgan tashqi siyosat mahkamasi matbuot-xizmati.

"MGIMO xorijdagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Ozarbayjon va O‘zbekiston rahbariyati iltimosiga binoan universitet ushbu mamlakatlarda o‘z filiallarini tashkil qilish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini o‘tkazdi. Bugun bizning oldimizda Baku va Toshkentda filiallarni ochish uchun MGIMO nizomiga tegishli o‘zgartishlarni kiritish vazifasi turibdi", - deb aytgan Lavrov.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, ushbu qadam MDH hududida Rossiya gumanitar aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.