Putin qachon uylanishini aytdi

Yillik matbuot-anjumani davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin qachon uylanishi haqidagi savolga javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining yillik matbuot-anjumani davomida qachon uylanmoqchi ekanligini ma’lum qildi.

Putinning katta matbuot-anjumanidan reportaj

"Har qanday vijdonli inson singari qachondir uylanishim kerak", - deya javob berdi prezident jurnalistlardan birining savoliga.

Rossiya yetakchisining OAV vakillari bilan savol-javobi hazilsiz kechmadi.

"Qachon uylanishi" haqida savol bergan jurnalistga javob qaytarar ekan, Putin yigitdan oilali-oilali emasligi to‘g‘risida so‘radi.

Tasdiq javobni olgach: "U uylangan va meni ham o‘zidek bo‘lishimni xohlayapti”, - dedi kulib.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Vladimir Putin o‘z rafiqasi Lyudmila Putina bilan ajrashgan. Ularning nikohlari 30-yil davom etgan va juftlikning ikki qiz farzandlari bor.