Islom Karimovning sobiq xos soqchisi hibsga olindi

O‘zbekiston birinchi prezidentining sobiq xos soqchisi va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriyga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. O‘zbekistonda birinchi prezident Islom Karimovning xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan, general-mayor  Muidjon Tohiriy qo‘lga olindi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri Bosh prokuratura ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

Erkin Yo‘ldoshev Gulnora Karimova ishi, prokuror nazorati va tizimdagi o‘zgarishlar haqida

Xabarda aytilishicha, hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtayi nazaridan boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Tohiriy O‘zbekiston prezident Islom Karimovning xavfsizlik xizmatini boshqargan. Uning so‘ngi ish joyi Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘lib, 2016-yil 20-dekabrida rais etib tayinlangan va 2018-yil 12-fevralda ishdan bo‘shatilgan.