"Sinovdan o‘tdi": Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevni Toshkent hokimi etib tayinladi

Xalq deputatlari Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Prezident matbuot-xizmati xabariga asosan.

"Toshkent City"ni 4-yilda qursa bo‘ladimi? Ekspert Roman Osokin bilan intervyu

"Toshkent mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini hammangiz yaxshi bilasiz. Bu yerga rahbar qo‘yish ham osonmas. Shuni inobatga olib, Jahongir Ortiqxo‘jayevni hokim vazifasini bajaruvchi sifatida 8 oydan buyon sinadik. To‘g‘risini aytish kerak, u shaharga kelib, muhitni o‘zgartirishga erishdi. Hokimlikning obro‘sini oshirdi, tadbirkorlarni o‘ziga ergashtira oldi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrining sharoitini, uning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini, bu yerdagi odamlarni va faollarni yaqindan biladi. Eng asosiysi, qanday qilib odamlar uchun ish joyi tashkil etishni yaxshi biladi", - dedi Mirziyoyev. 

Xalq deputatlari Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini qo‘llab-quvvatladi. So‘zga chiqqanlar yangi hokim va uning barcha o‘rinbosarlari, barcha faollar bir musht bo‘lib, poytaxtimizni jadal rivojlantirish bo‘yicha bugun belgilab berilgan vazifalarni bajarish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini ta’kidladilar.