Rossiya va O‘zbekiston AES uchun maydoncha tanlash masalasini muhokama qildi

Uchrashuv davomida tomonlar yadro energetikasining qonunchilik asoslarini, xususan, kelgusi AES uchun maydoncha tanlash, atom elektr stansisini loyihalashtirish, qurilish va undan kafolatgan tarzda foydalanish jarayonlarida huquqiy tartibga solish masalalarini muhokama qildi
Sputnik

TOShKENT, 20 dek - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida deputatlarning "Rosatom" davlat korporatsiyasining operatsion boshqaruv bo‘yicha bosh direktori birinchi o‘rinbosari – ASE "IK" AJ prezidenti Aleksandr Lokshin boshchiligidagi "Rostatom" davlat korporatsiyasi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston parlamenti deputatlar guruhini Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixanov boshqardi.

Uchrashuvni ochar ekan, Boriy Alixanov bugungi kunda ikki mamlakat tarixida, shu jumladan, atom energetikasi sohasida yangi hamkorlik bosqichi boshlanganini ta’kidladi.

O‘zbekiston deputatlari va jurnalistlari Voronej AESga tashrif buyurdi>>>

Lokshin o‘z navbatida, Rossiya texnologiyalari asosida O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish haqidagi qarori bilan mamlakat amalda atom sohasini yaratish jarayonini boshlab berganini qayd etdi.

Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda

"Bu nafaqat yuqori texnologiyali loyiha, balki kadrlarni tayyorlash, qonunchilik bazasini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan yirik sohadir. Ishonchimiz komilki, ushbu soha faoliyat yuritishining sharti, eng avvalo, xavfsizlik va ijtimoiy maqbullik hisoblanadi",- dedi u.

Uchrashuv davomida tomonlar yadro energetikasining qonunchilik asoslarini, xususan, kelgusi AES uchun maydoncha tanlash, atom elektr stansisini loyihalashtirish, qurilish va undan kafolatgan tarzda foydalanish jarayonlarida huquqiy tartibga solish masalalarini muhokama qildi.

Qayd qilindiki, birinchi o‘zbek AESning foydalanishga topshirilishi O‘zbekistonga har yili 3-3,5 milliard kubometr tabiiy gazni tejash, bug‘xona gazlarining atmosferaga chiqarilishini qisqartirish, xususan, 14 million tonnagacha is gazi va 36 ming tonna dioksid azot chiqarilishidan saqlanish imkonini beradi.

Shuningdek, AES qurilishi jarayonida 8 mingdan ziyod, ishga tushirilganidan so‘ng – 2,5 ming kishini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.