TOShKENT, 20 dek – Sputnik.Markaziy bank 2018-yil 1-dekabr holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2018-yil 1-noyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 25 983,0 million AQSh dollari (2018 yil 1-noyabr holatiga 26 494,1 million AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 511,1 million AQSh dollariga kamaydi), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 11 016,0 million AQSh dollari, monetar oltin — 14 966,9 million AQSh dollari tashkil qildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 291,7 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1-noyabr holatiga 25 716,4 million AQSh dollari).
Markaziy bank izohiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1220,45 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri - 823,2 mln.doll.)
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritadi. Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.