Toshkentda 2 nafar valyutafurush qo‘lga tushdi

Fuqarolardan 7900 dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Mirzo-Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va U.lar har bir AQSh dollarini “qora bozor” narxida 8450 so‘mdan hisoblab, 7 900 dollarini 66,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.

Toshkent shahar IIBB bozorda o‘z bolasini tashlab ketgan onani topdi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ulardan 7900 dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar B. va U.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.