TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Joriy yilning 19-dekabr kuni Toshkent tumanida yashovchi B.M. uyida o‘zaro janjal sabab birga yashagan kuyovi A.X.ga o‘roq bilan jarohat yetkazgan, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
“Natijada A.X. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. B.M. qo‘lga olingan”, - deyilgan xabarda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar IIBB bozorda o‘z bolasini tashlab ketgan onani topdi˃˃˃
Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.