Joriy yildan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi - MB

Qimmatli qog‘ozlarni tijorat banklari va yuridik shaxslar xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Dekabr oyi oxiridan O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Markaziy bank rasmiy vakili axborot berdi.

O‘zbekiston iqtisodiy taqdiri o‘z qo‘lida – XVF

Ta’kidlanishicha, davlat qimmatli qog‘ozlarini o‘zbek valyuta birjasiga savdo maydoniga joylash va zayom pulini qaytarish bilan Markaziy bank shug‘ullanadi.

Markaziy bankning inflyatsiyani tahlil qilish va prognozlashtirish boshqarmasi rahbari Rustem Muhammadiyevning aytishicha, davlat iimmatli qog‘ozlarini tijorat banklari va yuridik shaxslar xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Davlat qimmatli qog‘ozlari sotuvidan tushgan mablag‘lar davlat budjetiga kelib tushadi va uning defitsitini qoplash, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

"Fuqarolar uchun budjet" da 2019-2021 yillarda budjet defitsitini 1,1%dan 0,1 %gacha pasaytirish va buni qoplash uchun 3 trln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish rejalashtirilayotgani aytilgan.