Samarqandda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘lish uchun turli mintaqalardan 277 nafar eng mohir charm qo‘lqop ustalari kurashishdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Samarqand shahrida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mita matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli bokschilari ham ishtirok etishgan.

Bahodir Jalolov raqibini 1-raundda nokautga uchratdi

8 vazn toifasida tashkil etilgan chempionat yakunlariga quyidagi sportchilar O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘lishdi:

-52 kg: Hasanboy Do‘smatov (Andijon)
-57 kg: Abdulhay Shorahmatov (Toshkent)
-63 kg: Alyor Noraliyev (Toshkent viloyati)
-69 kg: Bobousmon Baturov (Jizzax)
-75 kg: Fanat Qahramonov (Samarqand)
-81 kg: Xurshid Abdullayev (Samarqand)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov (Toshkent viloyati)
+91 kg: Ulug‘bek Mubinov (Buxoro).