Toshkent viloyatida ayol kishining jasadi topildi

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qo‘lga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida ayol kishining jasadi topildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

“O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, u "nafas yo‘llarini qon bilan berkilishi, aspiratsiya natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya, burun suyagining yopiq siljib sinishi, bosh miya va o‘pka shishi"dan o‘lganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi”, - deyilgan xabarda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi N.M. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Ayni damda tergov tadbirlari davom etmoqda.