TOShKENT, 17 dek – Sputnik. O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, yaqin kunlarda Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 21-dekabr kuni esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 18-dekabr kuni kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqatgina 19-dekabr kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 18-dekabr kuni kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja bo‘ladi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18 va 21-dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 19-20 dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0...+5, 18-dekabr kuni kunduzi +7...+12, 19-21 dekabr kunlari +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, 21-dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, 21-dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati 18-19 dekabr kunlari kechasi -2...-7 daraja, 20-21 dekabr kunlari -7...-12 daraja sovuq bo‘ladi.