TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Amerikaning Merriam-Webster lug‘ati (Uebster lug‘ati) 2018-yilning so‘zi sifatida “adolat” (justice) so‘zini tanladi, RIA Novosti xabariga asosan.
Nashrda keltirilishicha, joriy yilda ushbu so‘z internet foydalanuvchilari tomonidan o‘tgan yilga qaraganda 74 foizga ko‘proq qidirilgan.
Lug‘at mualliflari so‘zlariga qaraganda, “adolat” va “adliya” kabi ma’nolarni anglatuvchi justice so‘zi OAVlarda Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga go‘yoki “aralashuvi” sababli yodga olingan.
Shuningdek, eng mashhur so‘zlar o‘ntaligidan “millatchilik” (nationalism), “o‘zgacha fikrlovchi” (maverick), “panseksual” (pansexual), “foydasiz” (feckless) kabi so‘zlar o‘rin olgan.
2017 yilda Merriam-Webster talqiniga ko‘ra “feminizm” yil so‘ziga aylangan edi.