Bo‘lg‘usi hosil, garov va kredit: Markaziy bank qaror loyihasini tayyorladi

Markaziy bank tijorat banklari tomonidan bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror loyihasini tayyorladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Markaziy bank tomonidan tayyorlanagn “Tijorat banklari tomonidan bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” gi idoralaro qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Markaziy bank oltin va kumush tangalar narxini oshirdi

Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 563-son qarori (ro‘yxat raqami 1337, 16.04.2004) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

Xususan, 2-band quyidagi tahrirda bayon etish:

“2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) kredit resurslari hisobidan imtiyozli kredit olgan fermer xo‘jaliklariga g‘alla yetishtirish uchun “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi don korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomasi summasining 30 foizigacha miqdorida, ushbu kredit resurslari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga kontraktatsiya shartnomasi summasining 80 foizigacha miqdorida kredit berilishi mumkin.

Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xomashosi yetishtiradigan fermer xo‘jaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya shartnomasi summasining 20 foizigacha miqdorida, ushbu kredit resurslari hisobidan imtiyozdi kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga beriladigan kredit miqdori kontraktatsiya shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi.”.

10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etish:

Tangalar, naqd pul yoki jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni e’lon qildi

“Bunda ushbu nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng ko‘p miqdorini tegishli tuman hokimlari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining kengashi bilan hamkorlikda agrotexnik tadbirlar asosida paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchilar kesimida oylarga taqsimlangan kafolatlangan kredit resurslari hajmidan kedib chiqqan holda belgilash tavsiya etiladi.”.

Qaror loyihasi Moliya, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitalari va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishiladi.