"O‘zbekiston temir yo‘llari" Moskvaga yangi poyezd qatnovini ishga tushirdi

Belgilangan jadvalga ko‘ra yangi Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qatnov haftada bir marta ya’ni har juma kuni amalga oshiriladi
Sputnik

TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Juma kuni Toshkent markaziy vokzalidan Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi boshlandi, deb xabar qildi "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot-xizmati.

Toshkentdan Moskvaga qatnaydigan yangi poyezd Qoraqalpog‘iston orqali o‘tadi

Shu kunga qadar O‘zbekistondan Moskvaga faqat ikkita, 005/006-sonli Toshkent - Moskva - Toshkent hamda 149/150-sonli Andijon - Moskva - Andijon yo‘nalishida poyezdlar harakati amalga oshirilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilayotgan edi.

"Yangi poyezd Samarqand, Navoiy, Buxoro, Nukus shaharlardan o‘tib O‘zbekistonning shimoliy darvozasi bo‘lgan Qoraqalpog‘iston stansiyasi orqali harakatlanadi. Bu esa ushbu xududlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarga, qolaversa O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga kelishni istagan sayyohlar uchun ham qulaylik yaratadi", - deyiladi xabarda.

Belgilangan jadvalga ko‘ra yangi Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qatnov haftada bir marta ya’ni har juma kuni amalga oshiriladi.