XMT rahbari: O‘zbekistonning mehnat qonunchiligi xalqaro normalarga intilmoqda

Gay Rayder O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni yuksak baholadi
Sputnik

TOShKENT, 15 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Mirziyoyev, o‘zining 100-yillik faoliyati davomida jahonda ijtimoiy adolatni ilgari surish va mehnatkashlar huquqini ta’minlashga xizmat qilgan Xalqaro mehnat tashkiloti bilan samarali hamkorlikni O‘zbekiston yuksak qadrlashini alohida ta’kidladi.

XMT rahbari: O‘zbekistonning mehnat qonunchiligi xalqaro normalarga intilmoqda

"Uchrashuvda XMT bilan barcha masalalar, jumladan, yangi yo‘nalishlar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirish va sheriklik munosabatlarini kengaytirishga ikki tomon ham tayyor ekani ta’kidlandi", - deyiladi xabarda.

Gay Rayder O‘zbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni yuksak baholadi. Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini alohida qayd etdi.

"Mehmon mamlakatimiz mehnat qonunchiligi normalari xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilayotgani, O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan XMT konvensiyalarini 2018-2020 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" qabul qilinganiga yuksak baho berdi", - deyiladi xabarda.

Mirziyoyev ikki yil davomida ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirdi - XMT vakili

Uchrashuvda sheriklikni yanada kengaytirish muloqotni faollashtirish uchun mustahkam zamin yaratishiga, O‘zbekistonda Bandlik milliy strategiyasini ishlab chiqishda XMT tajribasidan samarali foydalanishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Tashkilot bilan uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va qabul qilish, mamlakatimiz tomonidan XMT konvensiyalarini ratifikatsiyadan o‘tkazish ishlarini davom ettirish, mehnat munosabatlari sohasida mutaxassislarini tayyorlash va ularning  malakasini oshirish, kasaba uyushmalari va Ish beruvchilar konfederatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.