Grozin: terrorchilar tarmoqli biznes modeli bo‘yicha ishlashni boshladilar

Yangi tuzilmada bitta filialning yo‘q qilinishi butun tarmoqning fosh etilishiga olib kelmaydi, nega deganda turli davlatlardagi bo‘linmalar o‘zaro deyarli bog‘lanmagan, deb hisoblaydi siyosatshunos Grozin
Sputnik

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. MDH davlatlari O‘rta Osiyo Instituti bo‘limi rahbari Andrey Grozin jangarilar faoliyati strategiyasiga izoh berdi.

Xayriya bahonasida terrorchilar uchun pul jamlagan guruh qo‘lga olindi

Sal oldin ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Sisoyev terrorchilar material-texnik qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy kanal manbalarini yangi, kengaytirilgan shaklda tashkil etayotgani haqida aytgan edi. Sisoyevga ko‘ra, terrorchilar mintaqaviy filiallar faoliyati asosida o‘z ishlarini tarmoqlashgan biznes holatiga keltirishmoqda.

Sputnik Tojikiston radiosi efirida Grozin - terrorizmga qarshi kurash samaradorligining pasayishi - ta’qiqlangan tashkilotlarning tarmoqli tizimda ishlashga o‘tgani bilan bog‘liq, deb aytdi.

"Terrorchilar yangi biznes-strategiyalardan foydalanishni boshlashdi. Tabiiyki, markaz va filiallar bilan aniq aloqani yo‘lga qo‘ygan tarmoqli terroristik tuzilmalarni standart tashkilotlardan ko‘ra yo‘qotish murakkabroq. Yangi tuzilmada bitta filialning yo‘q qilinishi butun tarmoqning fosh etilishiga olib kelmaydi, nega deganda turli davlatlardagi bo‘linmalar o‘zaro deyarli bog‘lanmagan. Ya’ni, bu yerda qadimiy grek afsonalarida bo‘lgani kabi, ushbu tuzilmalarni ajdar tishlariga o‘xshatish mumkin - ularni uzib yerga tashlashingiz bilan yangilari paydo bo‘ladi", - dedi siyosatshunos.

Grozinga ko‘ra, Afg‘onistonda "Al-Qoida" jangarilari o‘tib olgan tarmoqli strategiya - o‘ziga xos "qora tuynuk"ni tashkil etadi. Bugun ham deyarli hech narsa o‘zgarmagan. Grozin terrorchilar o‘z ishlarini bosh markaz bilan aloqaga chiqmagan holda yangi texnologik vositalar yordamida muvofiqlashtirishlrini qo‘shimcha qildi.