O‘zbekiston deputatlari va jurnalistlari Voronejdagi AESga tashrif buyuradilar

Sentabr oyi boshida Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatda AES qurishda hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashdi
Sputnik

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis deputatlari va OAV vakillari Voronej viloyatidagi AESga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

“2018-yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Voronej viloyatining Novovoronej shahriga (Rossiya) jo‘nab ketadi. Delegatsiya tarkibidan Oliy Majlis deputatlari guruhi, Adliya vazirligi vakili, “Dunyo” axborot agentligi, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali, qator internet-resurslarning jurnalistlari o‘rin olgan”, - deyilgan xabarda.

Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda
Delegatsiya sobiq SSSR hududidagi uzoq tarixga ega sanoat atom elektrostansiyalaridan biri – Novovoronej AES faoliyati, uning xavfsiz ishlash tajribasi bilan tanishadi.

Sentabr oyi boshida Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatda AES qurishda hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashdi. O‘zbekistonda birinchi atom elektrostansiyasi “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan hamkorlikda barpo etiladi. Loyihani 2028-yilgacha bajarish rejalashtirilgan. AES 2,4 GVt quvvatli ikkita blokdan iborat.