Hali ham tomdan chakki o‘tmoqda: Farg‘ona hokimligi homiylarni qidirmoqda

Farg‘ona shahar hokimligi ma’lum qilishicha, xususiy uy-joy shirkatini tashkil etmaganligi tufayli yuzaga kelgan holatga uy egalari o‘zi javobgar hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Farg‘ona shahar hokimligi Farg‘ona shahri Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 38-uy tom qismini homiylar hisobidan ta’mirlab beriladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligida ma’lum qilishdi.

Bundan avval ushbu uyda istiqomat qiluvchilar shahar ma’muriyati tomonidan tom qismi ta’mirlab berish masalasini hal qilish yuzasidan Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga murojaat qilishgandi. Uyda asosan pensionerlar istiqomat qilishi sababli ular o‘z hisobidan tom qismini ta’mirlash ishlarini bajara olmasligini ma’lum qilishadi.

Hali ham tomdan chakki o‘tmoqda: Farg‘ona hokimligi homiylarni qidirmoqda

Maqola chiqqandan so‘ng, ushbu uyda istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri Bogdan Bubnyak Sputnik muxbiriga, bir oydan beri faqatgina 20 dona shifer olib kelinganligi va boshqa hech qanday ishlar amalga oshirilmaganligi ma’lum qildi. Cherepitsa boshidan sifati yomon bo‘lgan. Bundan tashqari, fuqarolar shirkat tuzishga qarshi emas, biroq turli sabablar tufayli bu masala cho‘zilmoqda.

Hali ham tomdan chakki o‘tmoqda: Farg‘ona hokimligi homiylarni qidirmoqda

Ushbu masalaga oydin kiritish maqsadida Sputnik  xodimlari Farg‘ona viloyati hokimligi bilan bog‘landi.

Hokimlikda ma’lum qilishicha, bu masala yuzasidan Farg‘ona shahar hokimligi xat taqdim etgan.Unda aytilishicha, uyning tom qismidagi cherepitsa qoplamasi bugungi kunga kelib ta’mir talab holatga kelgan. Biroq uni ta’mirlash uchun uy egalari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tuzishlari kerak.

Shahar hokimligi va mutasaddi idoralar bilan birgalikda mazkur uy mulkdorlari ishtirokida uyni shirkatga a’zo qilishlik bo‘yicha bir necha bor tushuntirish ishlari olib borilib, yaqin hudud faoliyat yuritayotgan shirkatga yoki mulkdorlar tomonidan shirkat tashkil etish takliflari berilgan bo‘lsada shirkatlarga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha berilgan takliflarga rad javobini berib kelganlar.

Suv va yong‘in xavfi ostida: Farg‘onada uylarning birida 8-yildan beri tomdan chakki o‘tmoqda

“Agar 38-uy mulkdorlari shirkatga a’zo bo‘lib, majburiy badal to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borganlarida muammo va kamchiliklar shirkat tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan bo‘lar edi. Uyga shirkat tashkil etilmagan taqdirda uy mulkdorlarni shaxsiy mulki  hisoblanganligi uchun uyning umumfoydalanish qismini soz holatda saqlash va atrof hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilishida 38-uy mulkdorlari javobgar hisoblanadi”, - deyilgan Farg‘ona shahar hokimligi xatida.

Biroq, Farg‘ona shahri hokimligi xatida aytilishicha, shahar aholisini kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida shahar hokimligi tomonidan homiylik hisobiga ushbu uyning tom qismini shifer bilan ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Sputnik O‘zbekiston bu holatni kuzatib borishni davom etadi.