Rossiya harbiylari Tojikiston tog‘larida “jangarilar”ni yo‘q qildi

Mashg‘ulotlar Tojikistondagi Lohur tog‘ poligonida alpinistlik tayyorgarlik doirasi o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotda 500 nafar harbiy ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiyaning 201-harbiy bazasi harbiy xizmatchilari Tojikistonda shartli jinoiy guruh hujumini bartaraf qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi?

Mashqlar g‘oyasiga ko‘ra, shartli terrorchilarning qurol-yarog‘ va o‘q-dori omborlariga tayyorlanayotgan hujumi haqida ma’lumotlar olinadi. Harbiylar trevoga bo‘yicha ko‘tarilib, hujum kutilayotgan hududga tashlanadi.

“Motoo‘qchilar uzoqdan jangarilarni qurshab oldi va maxsus operatsiya davomida ularni yo‘q qilishdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza Rossiyaning mamlakat tashqarisida bo‘lgan yirik harbiy bazasi hisoblanadi. 2012-yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra ushbu baza Tojikiston hududida 2042-yilga qadar qolishi mumkin.