Ayrim yo‘lovchi poyezdlarning qatnov jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Qo‘shimcha ma’lumot Toshkent shahrida 1005 telefon raqamidan hamda joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Toshkent–Qo‘ng‘irot–Toshkent yo‘nalishida haftaning bir kunida qatnovni amalga oshirib kelayotgan №52/51 yo‘lovchi poyezdi harakat jadvaliga joriy yilning 12-dekabr kunidan boshlab o‘zgartirish kiritildi.

Toshkentdan Moskvaga qatnaydigan yangi poyezd Qoraqalpog‘iston orqali o‘tadi

Ya’ni, poyezd endilikda Toshkentdan Qo‘ng‘irot tomon haftaning har payshanbasida emas, balki chorshanba kuni qatnovni amalga oshiradi.

Qo‘ng‘irotdan esa payshanba kuni emas, juma kuni poytaxt tomon harakatlanadi.

Shuningdek, Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi 10/9 sonli “ShARQ” tezurar poyezdining harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritildi.

Mazkur poyezd 2018/2019 yillarda har haftaning olti kunida, ya’ni, dushanba (seyshanba kuni o‘rniga), chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba kunlari harakatini amalga oshiradi.