O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan boshlab bojxona yig‘im stavkalari o‘zgaradi

Qarorda tovarlarni bojxona omborida saqlaganlik, tovarlarning klassifikatsiyasi bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilganlik va bojxona kuzatuvi uchun yig‘im stavkalari belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. “Bojxona yig‘imlari stavkalarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Dron, viski va oyoq qismiga skotchlab yashirilgan telefonlar: bojxona tekshiruvi

Qaror loyihasida bojxona yig‘imlari stavkalari ilova qilingan. Yangi stavkalar 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Qarorda bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish orqali tovarlarning tegishli bojxona rejimida; dastlabki deklaratsiyalanayotgan tovarlarni; bojxona yuk deklaratsiyasini “eksport”, “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” rejimlarida rasmiylashtirilganlik uchun bojxona yig‘im stavkalari belgilangan. Masalan, bojxona qiymati 10 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlarning tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirganlik uchun EKOIXning 1 foiz miqdorda bojxona yig‘imini undirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tovarlarni bojxona omborida saqlaganlik, tovarlarning klassifikatsiyasi bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilganlik va transport vositani bojxona masofalarga kuzatib borganlik uchun bojxona yig‘im stavkalari belgilangan.