Fransiya vaziri Trampdan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi

Fransiya Tashqi ishlar vaziri AQSh prezidenti Donald Trampdan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian AQSh prezidenti Donald Trampdan mamlakat ichki siyosatiga aralashmaslikni so‘radi, deb xabar qilmoqda RT.

«Biz AQSh ichki siyosatiga tekkanimiz yo‘q, AQSh ham shunday qilishini istaymiz. Men buni Donald Trampga aytapman, Fransiya prezidenti ham xuddi shunday degan bo‘lardi: Bizning xalqimizni o‘z holicha qo‘ying”, - dedi Fransiya vaziri.

Biroz oldin Donald Tramp Fransiyadagi tartibsizliklarni uyushtirayotgan “sariq nimchalilar” Tramp prezident bo‘lishini istayapti, deb hazil qilgan edi.

AQSh prezidenti o‘z tvitterida “Odamlar: biz Trampni xoxlaymiz, deyapti. Fransiyani yaxshi ko‘raman-da”  deb izoh qoldirgan edi u.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada bir necha kundan beri ommaviy tartibsizliklar sodir bo‘lmoqda. Yonilg‘i narxi bir necha sentga oshirilgani sababli “sariq nimchalilar” tomonidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirilmoqda. Bir necha kun oldin politsiya 1700 kishini hibsga olgan edi.