Namunali askar: 300 harbiy trevoga vaqtidagi jangovar shayligi uchun mukofotlandi

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilga qadar O‘zbekiston armiyasida bu kabi  keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruv o‘tkazilmagan. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida Mudofaa vazirligining barcha qo‘shin turlari ishtirok etdi
Sputnik

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. 300 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar to‘satdan tekshiruvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazgani uchun mukofotlandi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi?

28 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent harbiy okrugidagi "Chirchiq” dala-o‘quv maydonida Qurolli Kuchlarimiz asosini tashkil etayotgan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining o‘quv-jangovar mashg‘ulotlarini kuzatdi.

Professionalligi bilan alohida namuna ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarni esdalik sovg‘alari bilan mukofotladi.

"To‘satdan tekshiruvlarning yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan qo‘shinlar tezkorligi, jangovar shayligi hamda o‘zaro hamkorligini ta’minlash, xususan kompleks mashg‘ulotlarda alohida namuna ko‘rsatgan 300 nafardan ziyod harbiy qism va muassasalarning harbiy xizmatchilari "Namunali xizmati uchun" ko‘krak nishonlari, pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi", - deyiladi xabarda.

Jumladan,“Chirchiq” dala o‘quv maydonida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov 8-dekabr – Konstitutsiya kuni arafasida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilariga mukofotlarni tantanali tarzda topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 26-30 noyabr kunlari O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga muvofiq Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun kompleks o‘quv mashg‘ulotlaribo‘lib o‘tgan edi. 2018 yilga qadar O‘zbekiston armiyasida bu kabi  keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruv o‘tkazilmagan. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida Mudofaa vazirligining barcha qo‘shin turlari ishtirok etdi.