Shin: shaxmat bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi

Shaxmat o‘yini bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va ularni mehnatga va g‘alabaga intilishga odatlantiradi.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vaziri Agripina Shin O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Butunjahon shaxmat olimpiadasida qo‘lga kiritgan g‘alabasi haqida o‘z fikrlarini Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bildirdi.

“Har bir o‘zbekistonlik qalbini quvonch, zavq, va albatta, farzandlarimizga bo‘lgan g‘urur tuyg‘usi qamrab oldi. G‘alabaga davlat, ota-onalar va bolalar o‘zaro integratsiyasi tufayli erishildi”, - dedi vazir.

Karpov: shaxmat Rossiyaga O‘zbekistondan kirib kelgan bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida “bolalarda eng kichik yoshdan boshlab shaxmatga havas uyg‘otishadi”, deb ma’lum qildi.

“Aynan shaxmat o‘yini farzandlarimizning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va ularni mehnatga va g‘alabaga intilishga odatlantiradi”, - deb qayd qildi Agripina Shin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta o‘smirlar terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi va g‘oliblarga prezident sovg‘alari – «Spark» avtomashinalari topshirildi.