Savdo, transport va xavfsizlik: Mirziyoyev MDH yetakchilari bilan nimalarni muhokama qildi

O‘zbekiston kelasi yil MDHda hamrais, 2020-yilda esa MDH Davlat rahbarlari sammitiga mezbon bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 6-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy majlisida ishtirok etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Rossiyadagi o‘zbek mahsulotlari: Onishenko asosiy muammo haqida gapirdi

O‘zbekiston rahbarini Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin kutib oldi. 

Suratga tushish marosimidan so‘ng MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boshlandi. 

Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlarining savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, transport-kommunikatsiya salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, xavfsizlikni mustahkamlash, zamonaviy xatar va tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Gumanitar, ta’lim va turizm sohalarida almashuvlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston kelasi yil MDHda hamrais, 2020-yilda esa MDH Davlat rahbarlari sammitiga mezbon bo‘ladi.

Savdo, transport va xavfsizlik: Mirziyoyev MDH yetakchilari bilan nimalarni muhokama qildi

MDH norasmiy sammiti doirasida Mirziyoyev qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama suhbatlar o‘tkazdi.

Ularda 2018-yilda samarali sheriklikning asosiy yakunlari va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shu bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi yakuniga yetdi.