O‘zbekistonda 11 oy davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning o‘tgan 11 oyi davomida respublika 309 nafar kishi tan jarohati olgan. Sodir bo‘lgan yong‘inlar ayrim yo‘nalishlarda kamayishiga erishilgan.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek - Sputnik.  Joriy yil o‘tgan 11 oyi davomida respublika hududida jami 10680 ta yong‘inlar qayd etilgan. Ular oqibatida 106 kishi halok bo‘lgan. O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga asosan.

Yong‘inlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 680 taga (6 foizga), yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 27 taga (20 foizga) va tan jarohati olishi 49 taga (14 foizga) kamaygan. Ushbu yong‘inlarda 73 nafar insonlar qutqarib qolingan.

O‘zbekiston Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati sayti ishga tushdi

Shuningdek, materiallarni ochiq saqlash joylarida 30 foizga, omborxonalarda 27 foizga, o‘quv yurtlarida 19 foizga, madaniy-tomosha muassasalari, davolash muassasalari va ishlab chiqarish sexlarida 15 foizga, ma’muriy-jamoat muassasalarida 14 foizga, shuningdek, yong‘inlarning kelib chiqish sabablari bo‘yicha: texnologik protsessini buzilishi oqibatida 37 foizga, bolalar sho‘xligidan 10 foizga, ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish va texnologik xodisalar oqibatida hamda qasddan o‘t qo‘yishdan 9 foizga, transport vositalaridan foydalanish
va tuzilish qoidalarini buzilishidan 5 foizga, elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishidan 4 foizga kamayishiga erishilgan.