Andijondagi uylardan birida yashirin “neft zavodi” topildi

Jinoyatchilar 1120 litr neft xom ashyosini qo‘lbola usulda qaynatish orqali 490 litr mazut va 100 litr solyarka tayyorlangan.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Andijonda, Neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi” nashri.

Lukoyl direktori O‘zbekiston shimolidan neft qidirishini aytdi

“Andijonneft”  AJ zavodi liniya nazoratchisi bo‘lgan fuqaro Zoirjon Mamatqulov 1 mln so‘m evaziga “Andijon-Asaka-FNQIZ” neft quvuri liniyasi qayerdan o‘tganini haqidagi maxfiy ma’lumotni 3 nafar fuqaroga sotadi.

Shundan so‘ng fuqarolar Furqat Fayziyev, Xalimjon Matxoliqov va Qayumjon Boqiyevlar Quva tumani Bahor MFY hududidan oqib o‘tadigan qora oltinni o‘g‘irlash bo‘yicha reja tuzishga kirishadilar. Shu maqsadda Toshloq tumani Yakkavut MFY, Beruniy ko‘chasi, 282-uyda yashovchi Nodirbek Meliboyev va Bobirbek Ne’matovlar bilan jinoiy til biriktirib, ularning xonadonida neft mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yashirin sexni tashkil qilish ishlarini boshlab yuboradilar.

O‘zbekistonda 16,8 million so‘mlik "Neft" nomli aroq ushlandi

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan vaqt mobaynida bu yerda qo‘lbola usulda metalldan tayyorlangan uskunada 1,120 litr neft xom ashyosini qaynatish orqali 490 litr mazut va 100 litr solyarka tayyorlangan.

Polietilen qoplarda tashilayotgan neft mahsulotlari fuqarolarda shubha uyg‘otgan va ular huquqni saqlash organlariga xabar qilishgan. Huquqbuzarlar daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Hozirda ularga nisbatan O‘zR JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, neftni qayta ishlash o‘ta xavfli ish ekanligi, u bilan uy sharoitida shug‘ullanish nafaqat xonadon egasiga, balkim barcha qo‘shni xonadonlarga ham katta talofat yetkazishi mumkinligini haqida eslatib qo‘ymoqchimiz, deb yozadi nashr.

Andijondagi uylardan birida yashirin “neft zavodi” topildi