AQSh senati saudiya shahzodasi jazolanishini talab qilmoqda

AQSh Senati rezolyutsiyasi loyihasi respublikachi senator - Lindsi Grem tomonidan Respublikachilar va Demokratlar partiyalari vakillari tomonidan tayyorlangan. Hujjat, agar u qabul qilinmasa, qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi, shunchaki senat pozitsiyasini qayd etadi
Sputnik

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. AQShning bir guruh senatorlari kongress yuqori palatasiga Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmon al Saudni jurnalist Jamol Xashoggi o‘limi tufayli javobgarlikka jalb qilish talabi bitilgan rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi.

Jamol Xashoggi qotilligida saudiya bosh konsulining qo‘li bor - OAV

Saudiya Arabistoni hukumatiga muxolif bo‘lgan jurnalist Xashoggi amerikaning Washington Post nashrida sharhlovchi bo‘lib ishlagan va 2017-yildan AQShda yashab kelgan, Turkiyada 2-oktabr kuni, Istanbuldagi Saudiya Arabistoni bosh konsulligi binosiga kirgach izsiz yo‘qolgan. Sal keyin Istanbul prokuraturasi Xashoggi qasddan o‘ldirilgani, bosh konsullik binosida bo‘g‘ib o‘ldirilganidan so‘ng jurnalist tanasi burdalanib yo‘q qilingani haqida e’lon qilgan edi.

AQSh Senati rezolyutsiyasi loyihasi respublikachi senator - Lindsi Grem tomonidan Respublikachilar va Demokratlar partiyalari vakillari tomonidan tayyorlangan. Hujjat, agar u qabul qilinmasa, qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi, shunchaki senat pozitsiyasini qayd etadi.

Hujjatga ko‘ra Muhammad bin Salmon merosxo‘r shahzoda sifatida, "qotillik vaqtida xavfsizlik kuchlarini nazorat qilgani uchun", to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyatda aybdor deb e’lon qilinmoqda.

"Ushbu idora(AQSh senatiga - tahr.)ga taqdim etilgan dalillar va tahlillarga tayanib, senat Muhammad bin Salmon Jamol Xashoggi o‘limiga aralashganiga yuqori darajada ishonch bildiradi… Qo‘shma Shtatlar Hukumatini va dunyo hamjamiyatini Jamol Xashoggi qotilligida aybdorlar barcha tomonlarni, shu jumladan Muhammad bin Salmonni javobgarlikka tortishga chorlamoqda", - deyilgan hujjat matnida.

Chavushoglu jurnalist Xashoggi musiqa sadolari ostida burdalangan, degan fikrda

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Qatar bilan diplomatik aloqalarni tiklashga, bu davlat bilan bo‘layotgan mojaroning siyosiy yechimini topish borasida kelishishi, saudiyalik bloger Raif Badaviy, "saudiya ayollari huquqi uchun" harakati faollari va boshqa hibsga olingan siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishga da’vat qilingan.

Xashoggining o‘ldirilishi atrofida vaziyatning zidiylashuvi Saudiya Arabistonining qator davlatlar bilan munosabatlari o‘tkir tus olishiga olib keldi. Ammo AQSh prezidenti Donald Tramp ikkiyoqlama muhim siyosiy va iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish uchun qirollik bilan mojaroga bormasligini ma’lum qildi. Bu qarorni Trampning AQShdagi va xorijdagi raqiblari qattiq tanqid ostiga oldilar.